21:34 / 15.10.2015
5522

BMT Xavfsizlik kengashiga 5 davlat muvaqqat a'zo sifatida qabul qilindi

BMT Bosh assambleyasi ovoz berish jarayonida Ukraina, Misr, Senegal, Urugvay va Yaponiya 2016-2017 yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a'zolari qatoriga qabul qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ukrainaning BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a'zosi sifatida qabul qilinishiga 177 ta davlat vakili rozilik berdi, 14 nafari betaraf qoldi. Shuningdek, Misr 179 ta, Senegal 187 ta, Urugvay 185 ta, Yaponiya 184 ta ovoz to‘pladi. 

2016 yil 1 yanvardan bu davlatlar Xavfsizlik kengashida o‘zining 2 yillik muddati nihoyasiga yetayotgan Chad, Nigeriya, Litva, Chili va Iordaniyaning o‘rnini egallaydi hamda 2016 yilning oxirida vakolatlari tugaydigan Angola, Venesuela, Ispaniya, Malayziya va Yangi Zelandiyaga qo‘shiladi.

Xavfsizlik kengashi BMTning asosiy organi va dunyoda tinchlik va xalqaro xavfsizlikni ta'minlashga javobgar hisoblanadi. Xavfsizlik kengashi 15 ta a'zodan tashkil topgan. Beshta davlat – Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiya unda doimiy asosda, qolgan 10 ta a'zo muvaqqat asosda faoliyat yuritadi. 

Top