08:16 / 15.10.2015
2479

«Dori-Darmon» AK keksalarni qo‘llab-quvvatlash aksiyasida ishtirok etdi

«Dori-Darmon» aksionerlik kompaniyasi O‘zbekistonda “Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida o‘tkazilgan aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish haftaligida ishtirok etdi.

Ana shunday aksiyalardan biri 2015 yil 14 oktabr kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 31- oilaviy poliklinikada bo‘lib o‘tdi. Bu yerda keksalar, urush va mehnat fronti faxriylari O‘zbekistondagi yetakchi farmatsevtika kompaniyasidan birinchi yordam uchun dori qutilarini qabul qilib olishdi.

Birinchi yordam uchun dori qutilaridan yurak qon-tomir va ovqat hazm qilish tizimlari uchun preparatlar, og‘riq qoldiruvchi, antiseptiklar (yarani gazak olishdan saqlaydigan vositalar), ko‘z tomchilari, shuningdek, bog‘lovchi materiallar o‘rin olgan.

Top