17:25 / 15.10.2015
5543

FT: Putin va Obama ittifoqchilar uchun kurash olib bormoqda

Suriyadagi ixtilof munosabati bilan Fors ko‘rfazi davlatlari Rossiya va AQSh o‘rtasida tanlov qilish masalasi oldida turibdi. Ushbu davralarda ikki davlatdan qay biri bilan hamkorlik qilish borasida qizg‘in bahslar bormoqda.

The Financial Times nashrining ma'lum qilishicha, arab davlatlari ayni paytda Barak Obamaning tashabbussizligidan xafsalasi pir bo‘lgan.

Suriya muxolifatini qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlar AQShning harakatlaridan qoniqmayapti. Oq Uy esa ularning aralashish haqidagi so‘rovlariga javob bermayapti.

O‘z navbatida, Rossiyaning Bashar Asadni qo‘llashi arab davlatlariga ma'qul tushmayapti. Kolumnistning ta'kidlashicha, arab davlatlari bu ishga aralashganidan afsuslanmoqda, negaki AQSh tezda Bashar Asadni olib tashlab, muvozanat tiklanadi, degan fikrda edi.

Top