21:07 / 15.10.2015
4273

Germaniya muhojirlarni tezkorlik bilan yurtlariga qaytarib yuborish to‘g‘risida qonun qabul qildi

Bundestag muhojirlar to‘g‘risidagi qonunchilikni yanada qattiqlashtirish maqsadida yangi qonunlar paketini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.

Qonunni qabul qilishda 475 nafar deputat yoqlab chiqdi, 68 nafari qarshi chiqdi va 57 nafari esa betaraf bo‘ldi.

Yangi qonunga ko‘ra xavfsiz mamlakatlar hisoblangan Albaniya, Kosova va Chernogoriyadan kelgan muhojirlar zudlik bilan vatanlariga qaytarib yuboriladi.

Bundan tashqari, iqtisodiy nochorlik tufayli aynan shu mamlakatlardan kelgan muhojirlar ham qaytarib yuboriladi.

Yana shuni ma'lum qilishganki, aynan shu muhojirlarning Germaniyada yurish ruxsatnomasi tugaganlari ogohlantirishsiz mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
To‘lovlar tayinli muhojirlar uchun bir oy muddatga amalga oshiriladi.
Qonun loyihasi 16 oktabrda bundesratada muhokamaga qo‘yiladi va katta ehtimol bilan noyabr oyidan kuchga kiradi.

Top