19:59 / 15.10.2015
4868

KUN.UZ dayjesti: 15 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 15 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Samsung yangi Tizen-smartfonini rasmiy ravishda taqdim qildi>>

Samsung mavjud operatsion tizim asosida yasalgan yangi Z3 smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Samsung Mobile saytida ma'lum qilingan.

Suares Messiga gnom tasviri bor pijama sovg‘a qildi>>

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi o‘z jamoadoshidan ajoyib pijamani sovg‘a sifatida olganini ma'lum qildi.

Nyu-Yorkdagi besh yulduzi mehmonxona kuniga ikki dollar evaziga xonalar bermoqda>>

Nyu-Yorkning Tayms-Skverida joylashgan Knickerbocker besh yulduzli mehmonxanasida ikki dollar evaziga bir kun yashash mumkin. Bu haqda mehmonxona saytida ma'lum qilingan.

Amerika fuqarosi ko‘proq “layk” yig‘aman deb 3 yoshli o‘g‘lining o‘limini sahnalashtirdi>>

Amerikalik taniqli pranker Roman Atvud turmush o‘rtog‘ini maksimal darajada qo‘rqitish va YouTube`da ko‘proq “layk” to‘plash uchun uch yoshli o‘g‘lining o‘limini sahnalashtirdi.

Eritreya terma jamoasi futbolchilari Botsvanadan siyosiy boshpana so‘rashdi>>

Futbol bo‘yicha Eritreya terma jamoasining 10 nafar a'zosi 2018 yilgi JCh uchun saralash bosqichi doirasida Botsvanaga qarshi kechgan safar uchrashuvidan keyin vatanga qaytishni istashmadi. Ular Botsvana hukumatidan siyosiy boshpana so‘rashgan.

Yozda o‘zining kasodga uchraganini ma'lum qilgan 50 Cent dollar taxlamlari bilan fotosessiya uyushtirdi>>

14 oktabr kuni 50 Cent Instagramdagi sahifasiga o‘zining ko‘plab naqd pul taxlamlariga "ko‘milgan" holatlari aks etgan suratlarini joylashtirdi. Mashable nashri bu holatga e'tibor qaratdi va bu reper shu yilning iyul oyida bankrotlik e'lon qilgani haqida eslatib o‘tdi.

OAV: Emirates Jyennifer Eniston tushgan reklamani himoya qilmoqda>>

Emirates aviakompaniyasi aktrisa Jyennifer Eniston tushgan snobistik reklamani himoya qilmoqda. Bu haqda Fox News nashri yozmoqda.

Kun fotosi: Qibrayliklar NUJni suratga olishdimi yoki bu fotoshopmi?>>

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent viloyati, Qibray tumanida istiqomat qiluvchi Baxtiyor Usmonov ismli foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan surat shov-shuvlarni keltirib chiqardi.

Levandovski Ginness rekordlari kitobiga kiritildi>>

Myunxenning "Bavariya" klubining polshalik hujumchisi Robert Levandovski eng qisqa vaqt oralig‘ida - ya'ni bir o‘yinda uch, to‘rt va beshta gol urgan o‘yinchi sifatida Ginness rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda Germaniyadagi Bild nashri xabar tarqatdi.

iOS 9 operatsion tizimiga "djyeylbreyk" chiqdi>>

Pangu dasturchilari internetga iOS 9 operatsion tizimining ilk "djyeylbreyk"ini joylashdi. Bu jarayonni faqatgina Windows tizimida ishlaydigan kompyuterda amalga oshirish mumkin. Buning uchun dastlab Find my iPhone funksiyasi hamda ekranni bloklovchi parolni o‘chirish kerak bo‘ladi.

LADA Markaziy Osiyo va Mo‘g‘iliston bozoriga qaytmoqchi>>

LADA avtomobillari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Mo‘g‘iliston bozoriga qaytmoqda. Bu haqda 15 oktabr kuni AvtoVAZ matbuot xizmati xabar qildi.
"AvtoVAZ va "BIPEK AVTO" mazkur bozorlarda hamkorlikda faoliyat olib borishga kirishdi.

Alisher Usmonov kibersport sohasidagi loyihaga 100 mln dollar kiritmoqchi>>

Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings xoldingi kibersport sohasida Rossiyadagi yirik uyushmalardan biri hisoblangan Virtus.pro kompaniyalar guruhini rivojlantirishga investitsiya kiritmoqchi. Kompaniya xabarida keltirilishicha, USM va uning sheriklar loyihani rivojlantirish uchun investitsiya miqdorini 100 mln dollargacha oshirishi mumkin.

Shaharlarning ofis ijarasi narxlari bo‘yicha reytingi e'lon qilindi>>

Knight Frank kompaniyasining maxsus tadqiqot natijalarini e'lon qildi. Unda shaharlarning ofislarni ijara berish narxlari bo‘yicha reytingi aks etdi. Tadqiqot 2015 yil 2-choragi ko‘rsatkichlari asosida tayyorlandi.

Daniyadagi hayvonot bog‘ida sherni bolalar ko‘z o‘ngida tilkalashdi>>

Daniyaning Odense shahridagi hayvonot bog‘ida kuppa kunduzi sher murdasini so‘yib, bo‘laklarga ajratishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bergan.

Top