12:15 / 15.10.2015
5343

Levandovski Ginness rekordlari kitobiga kiritildi

Myunxenning "Bavariya" klubining polshalik hujumchisi Robert Levandovski eng qisqa vaqt oralig‘ida - ya'ni bir o‘yinda uch, to‘rt va beshta gol urgan o‘yinchi sifatida Ginness rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda Germaniyadagi Bild nashri xabar tarqatdi.

Bunga Levandovskining Bundesliga 6-turidagi "Volfsburg" bilan kechgan o‘yindagi penta-triki sabab bo‘lgan.
Hujumchi o‘sha o‘yinda tanaffusdan keyin zaxiradan maydonga tushdi va to‘qqiz daqiqa ichida "bo‘rilar" darvozasiga beshta gol urgandi.

Top