15:59 / 15.10.2015
3111

Lotar Matteus: "Oltin to‘p" uchun munosib yagona nomzod bor. Bu Messi

1990 yilgi «Oltin to‘p» sohibi, germaniyalik sobiq futbolchi Lotar Matteus joriy yilda eng yaxshi futbolchi va eng yaxshi murabbiy sovrini uchun da'vogarlar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan faqat bittagina futbolchi bor. Bu Lionel Messi. U na nafaqat aqlbovar qilmas darajaga qayta oldi, balki jamoasiga YeChL, Ispaniya chempionati va kubogida, Yevropa superkubogida g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Argentina terma jamoasi bilan sovrin yuta olmadi xolos».

«Bu natijalarga qaramasdan, Messining statistikasi «Barselona» safidagi ajoyib o‘yinlari va muvaffaqiyatlari hammasini aytib turibdi. U o‘ta yuqori darajadagi barqaror va noyob futbol namoyish etib kelmoqda. Agar sovrin unga berilmasa, men bundan faqat hayratga tushaman».

«Yilning eng yaxshi murabbiyi? Bu mavsumda jahon va Yevropa chempionati bahslari o‘tkazilmadi. Shunday ekan bunday vaziyatda bu mavsumda «Barselona» barchadan bir bosh ustunligini namoyish etgan klublar futboli diqqat markazda bo‘ladi», – deya gapirib o‘tdi Matteus FIFA telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida.

Top