16:24 / 15.10.2015
4737

Lotte Ustyurt GKK qurilishi yakunlanganini ma'lum qildi

Janubiy Koreyaning Lotte Chemical kompaniyasi Ustryurtdagi Surgil koni ustidagi gaz-kimyo kombinati qurilishi yakunlanganligini ma'lum qildi.

Kompaniya prezidenti va bosh ijrochi direktori Xa Su Yang zavod qurilishining yakunlanishi O‘zbekiston va Koreya hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlikning natijasi ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Bu zavod hajmiga ko‘ra Koreya kompaniyasi tomonidan qurilgan Yevrosiyodagi eng yirik bu turdagi obektga aylandi.
Qurilish qiymati 3.89 mlrd dollarga baholandi.

Zavod 2016 yil yanvaridan ish boshlaydi.
Zavod mahsuloti Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Rossiya va Shimoliy Afrikaga eksport qilinishini aytib o‘tdi.

Top