09:06 / 15.10.2015
7284

Mobil aloqa operatorlariga aloqani yaxshilash vazifasi topshirildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi O‘zbekistondagi ayrim mobil aloqa operatorlari ishida kamchiliklar aniqlangani haqida xabar tarqatdi.

Gap «mobil aloqa xizmatlari sifat ko‘rsatkichlarining belgilangan me'yorlarga muvofiq emasligi, abonentlarga mobil aloqa xizmatlaridan tunu kun foydalanish imkoniyati yaratilmagani, aholi kam istiqomat qiladigan hududlar bunday aloqa bilan to‘liq qamrab olinmagani, bu esa o‘z navbatida ushbu hududlarda istiqomat qiladigan aholi murojaatlari soni ko‘payishiga olib kelayotgani» haqida ketmoqda.

Zikr etilgan kamchiliklar Elektromagnit moslashuv markazi DUK bilan hamkorlikda o‘tkazilgan radiomonitoring hamda operatorlar taqdim etadigan tarmoq sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi oylik hisobotlar va tayanch stansiyalar to‘xtalishlari bo‘yicha ma'lumotlar, shuningdek, kelib tushgan murojaatlar tahlili natijalariga asosida aniqlangan.

Inspektsiya, yuqoridagi qamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Coscom (Ucell savdo belgisi), Unitel (Beeline), RWC (Perfectum) va «Uzbektelekom» (Uzmobile) mobil aloqa operatorlariga aloqa xizmatini amaldagi qonun va me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq ko‘rsatishni ta'minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Top