17:10 / 15.10.2015
2931

Nepal terma jamoasi a'zolari kelishilgan uchrashuvlarda ishtirok etishda ayblanib qo‘lga olindi

Nepal politsiyasi mamlakat milliy terma jamoasida avval o‘ynagan va hozirda o‘ynayotgan 5 futbolchini kelishilgan uchrashuvlarda ishtirok etganlikda aybdorlar sifatida hibsga oldi. Bu haqda HimalayanTimes nashri xabar tarqatgan.

"Hibsga olingan futbolchilar 2008 yildan beri o‘tkazilgan uchrashuvlarning natijalariga ta'sir ko‘rsatishda ayblanishadi", deb ma'lum qilgan Katmandu politsiyasi vakili Sarbendra Kxanal.

Huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotlariga ko‘ra, bu futbolchilar uzluksiz ravishda kelishilgan uchrashuvlarda maydonga tushib, mamlakat ichidagi va tashqarisidagi bukmekerlik idoralaridan o‘yinlarning natijalarini ta'minlab berishgani uchun mablag‘ olib turishgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston chempionatida ham kelishilgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi tasdiqlangan, shu yilning sentabr oyi oxirgi kunlarida «Paxtakor» - «Metallurg» uchrashuvi kelishilgan deb topilgan hamda bekobodliklar bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqovning murabbiylik litsenziyasi bekor qilingandi.

Top