08:57 / 15.10.2015
9181

Nyu-Yorkdagi besh yulduzi mehmonxona kuniga ikki dollar evaziga xonalar bermoqda

Nyu-Yorkning Tayms-Skverida joylashgan Knickerbocker besh yulduzli mehmonxanasida ikki dollar evaziga bir kun yashash mumkin. Bu haqda mehmonxona saytida ma'lum qilingan.

Aktsiya mehmonxonaning 109 yillik sanasi munosabati hamda binoning ta'mirdan chiqishi munosabati bilan uyushtirilmoqda. Aktsiyadan faqatgina bir kunlik yashash uchun foydalansa bo‘ladi. Qiymat tasodifiy tanlanmagan. Chunki mehmonxona ilk marta ishga tushganida uning egalari kelganlardan aynan shuncha qiymatda narx so‘rashgan.

Aktsiyada qo‘yilgan xonalar miqdori chegaralangan. Taklif 16 oktabr kunidan ishga tushadi. Xonalarni band qilish 23 oktabr, mehmonxona ochilgan kunga qadar davom etadi. Xonalarni band qilish uchun mehmonxona saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tish hamda nomerni bron qilish mumkin.

Ma'lumot uchun, Knickerbocker “Titanik”da halok bo‘lgan Jon Jyeykob Astoro IV tomonidan 1906 yilda foydalanishga topshirilgan.

Top