02:08 / 15.10.2015
5064

Oq uy: Moskvaning IShIDga qarshi kurashdagi pozitsiyasi Rossiya delegatsiyasini qabul qilishni rad etishga sabab bo‘ldi

Moskvaning IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashga “samarali ulush qo‘shish”ni istamasligi AQSh tomonidan Suriya ixtilofini muhokama qilmoqchi bo‘lgan Rossiya delegatsiyasini qabul qilishni rad etishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest jurnalistlarning savollariga javoban aytib o‘tdi.

“Prezident Putin aytgandek bu delegatsiyaning maqsadi AQSh va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni tartibga solishga ko‘mak berishdan iborat bo‘lishi kerak edi. Rossiya bizning IShIDga qarshi kurashimizga o‘z ulushini qo‘shmasa, biz bundan manfaatdor emasligimizni aytganmiz”, deb aytdi Ernest.

Ernestning fikricha, Moskvaning hamkorlik qilishga undovi “nafaqat AQSh, balki IShIDga qarshi kurashayotgan xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasining qolgan 65 a'zosi tomonidan ham qabul qilinmadi”.

Ernest taxminicha, Rossiyaning IShIDga qarshi kurashish borasida o‘zining shaxsiy yondashuvi mavjud. “Bugungi kunda ular bu yondashuvni mustaqil ravishda olib bormoqdalar”, deb ta'kidlamoqda Ernest.

Ernestning ta'kidlashicha, Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi Moskvaning “bir tomonlama harakatlari”dir va “Rossiya qanchalik yakkalanib qolganini ko‘rsatadi”. “Biz IShIDga qarshi kurashda xalqaro sa'y-harakatlar bilan uyg‘unlashgan Rossiyaning hissasini qarshilagan bo‘lardik, biroq Rossiyaning rejalari o‘zgacha”, deb aytib o‘tdi Oq uy matbuot kotibi.

Top