12:38 / 15.10.2015
3917

100 jilddan iborat «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari» turkum kitobining dastlabki jildlari nashrdan chiqdi

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 100 jildlik «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari» turkum kitobining ilk ikki jildi nashrdan chiqarildi.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, kitobningbirinchi jildidan «Alpomish» dostonining Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li talqinidagi ko‘rinishi o‘rin olgan bo‘lsa, ikkinchi jildda «Yusuf bilan Ahmad» dostonining Muhammadqul Jonmurod o‘g‘li Po‘lkan va Fozil Yo‘ldosh varianti berilgan.

Ushbu kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomli Til va adabiyot instituti xodimlari tomonidan nashrga tayyorlangan.

Top