15:33 / 15.10.2015
2463

O‘zbekistonlik taekvondochilar Manchester Gran-Prisida ishtirok etish uchun Angliyaga yetib borishdi

Avval xabar berilganidek, 17-18 oktabr kunlari Angliyaning Manchester shahrida taekvondo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi yirik musobaqalarning so‘nggisi bo‘lib o‘tadi.

Rio Olimpiadasiga reyting ochkolarini taqdim etuvchi joriy musobaqada qatnashadigan O‘zbekiston vakillari bir necha kundan buyon ushbu shaharda bellashuvlarga tayyogarlik ko‘rishmoqda.

Xorijlik sportchilar bilan o‘tkazilayotgan sparring janglari va mashg‘ulotlar ularga bellashuvlar vaqtida ancha as qotishi kutiladi. Shuningdek, sportchilarimiz bo‘sh vaqtlarida shaharning e'tiborli joylarida ham sayr qilishdi.

Top