08:20 / 15.10.2015
3569

Poroshenko bir qator yuqori lavozimdagi harbiylarning unvonini oshirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat mudofaa vaziri Stepan Poltorakning harbiy unvonini armiya generaliga oshirdi. Bu haqda 14 oktabrda Poroshenkoning rasmiy saytida chop etilgan xabarda aytilmoqda.

Shuningdek, Ukraina bosh shtabi boshlig‘i Viktor Mujyenko general unvonini oldi.

Ukraina Mudofaa vazirligi bosh inspeksiyasi bosh harbiy mutaxassisi Oleg Kuzmenkoga vitse-admiral unvoni berildi.

Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi xodimlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Igor Voronchenko general-leytenant bo‘ldi.

Ukrainada 2014 yildan 14 oktabr Ukraina himoyachisi kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Shundan beri 142 kishi Ukraina mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishda ko‘rsatgan jasurligi, yuqori professionalligi uchun turli unvon va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

Bular orasida Ukraina Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya, Davlat chegara xizmati, Ukraina Xavfsizlik xizmati, Ukraina davlat qo‘riqlash boshqarmasi, Ukraina davlat maxsus aloqa xizmati va Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati harbiy xizmatchilari bor.

Top