18:25 / 15.10.2015
4475

Rossiya bir kuni ichida IShID pozitsiyalariga 32 zarba berdi

Bir kun davomida Rossiya samolyotlarin IShIDning Suriyadagi 32 obektiga aviazarbalar berdi. Bu haqda Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov bayonot berdi.

Lataqiyadagi Hmaymiy aviabazasidan 33 chiqish amalga oshirilib, 32 aviazarba berilgan.
Nishonlar Idlib, Xama, Damashq, Halab va Dayr al-Zavr viloyatlarida joylashtirilgan.
Bundan tashqari, IShID qo‘mondonlik punkti, fugaslar sexi va artbatareya yo‘q qilingani haqida axborot berildi.

Top