17:03 / 15.10.2015
5715

Rossiya harbiylari Afg‘oniston-Tojikiston chegarasini qo‘riqlay boshlashi mumkin

Rossiya Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegarani qaytadan himoya qilishga kirishishi mumkin, deya ma'lum qildi Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

“Men buni istisno qilmayman”, - deya javob bergan Borisov Reuters muxbirining Rossiya Tojikistonga Afg‘oniston bilan chegarani qo‘riqlashda yordam beradimi, degan mazmundagi savoliga javob berar ekan.

“Mamlakatlarimizning siyosiy rahbarlari mazkur masalani muhokama qilib,qaror qabul qiladi. Barchasi bo‘lishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Ayni paytda tojik tomoni qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirda ekanini bildirmoqda. “Afg‘onistondagi vaziyat kundan-kunga yomonlashib bormoqda. Qo‘shni mamlakatda Tojikiston bilan chegaradosh hududlarning qariyb 60 foizida jang harakatlari olib borilmoqda”, - degan edi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 6 oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda.

Top