07:57 / 15.10.2015
2723

Saxalinda bir kunda 10ta zilzila qayd qilindi

Kuril orollari yaqinida Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati mutaxassislari bir kunda kamida 10ta katta bo‘lmagan zilzila qayd qilishdi, deb aytilmoqda Saxalin qutqaruv xizmati saytida.

Shimoliy-Kurilskdan janubi-g‘arbga tomon 200 km uzoqlikda 45 km chuqurlikda 5,6 magnitudali kuchli silkinish yuz berdi. Shu hududning o‘zida kichik tanaffuslar bilan yana 8ta zilzila qayd qilindi.

Bundan tashqari, Iturup orolidan 57 km uzoqlikda 33 km chuqurlikda 4,2 magnitudali yana bitta zilzila yuz berdi.

Qutqaruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, mintaqa aholisi zilzilalarni sezmagan, to‘fon yuz berish xavfi yo‘q.

Top