21:05 / 15.10.2015
8567

Suriya mojarosi: 15 oktabr kuni Yaqin Sharq mintaqasiga bog‘liq holda sodir bo‘lgan muhim voqealar

Quyida bugun "Suriya mojarosi" bo‘yicha yuz bergan eng muhim yangiliklarni takroran havola qilamiz.

Rossiya va AQSh harbiylari videoanjuman orqali Suriya hududidan parvozlarning xavfsizligi masalalarini muhokama qilishdi>>

Rossiya va AQSh harbiy ekspertlari 14 oktabrda Suriya hududidan Rossiya aviatsiyasi va AQSh boshchiligidagi koalitsiya uchish apparatlarining parvozlari xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha kelishuvning matnini muvofiqlashtirish bo‘yicha uchinchi videoanjuman o‘tkazdilar. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati boshqarmasida ma'lum qilindi.

Oq uy: Moskvaning IShIDga qarshi kurashdagi pozitsiyasi Rossiya delegatsiyasini qabul qilishni rad etishga sabab bo‘ldi>>

Moskvaning IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashga “samarali ulush qo‘shish”ni istamasligi AQSh tomonidan Suriya ixtilofini muhokama qilmoqchi bo‘lgan Rossiya delegatsiyasini qabul qilishni rad etishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest jurnalistlarning savollariga javoban aytib o‘tdi.

AQSh Rossiya bilan yaqinda Suriya masalasida o‘zaro tushunish kelishuvi imzolanishini aytdi>>

AQSh rasmiylari tez orada amerikalik va rossiyalik harbiylar Suriya havo hududidagi parvozlar xavfsizligi yuzasidan o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi kelishuv detallarini muhokama qilib, hujjatni imzolash bosqichiga yaqinlashib qolishganini ma'lum qilishdi.

OAV: IShID neftdan kuniga 1.5 mln dollar daromad ko‘rmoqda>>

Suriya va Iroqning IShID nazorati ostidagi hududlarida joylashgan 9ta neft konidan ekstremistik tashkilot kuniga 1.5 mln dollar daromad olmoqda. Bu haqda “Vedomosti” nashri xabar bermoqda.

Putin AQShning Medvedevni qabul qilishdan bosh tortganini noloyiq pozitsiya deb atadi>>

Rossiya prezidenti AQShning Rossiya delegatsiyasini qabul qilishdan bosh tortganini noloyiq pozitsiya deb hisoblaydi. Bu haqda 15 oktabr kuni TASS xabar qildi.

Suriya armiyasi Xoms viloyatida harbiy amaliyotlarni boshladi>>

Suriyada hukumat armiyasi mamlakat shimolidagi Xoms provinsiyasida keng miqyosli harbiy amaliyotlarni boshladi, deya xabar berdi RIA “Novosti” harbiy axborot manbasi ma'lumotiga asoslangan holda.

Putin AQShning Suriya bo‘yicha pozitsiyasini kuchsiz deb atadi>>

AQShning bosh vazir Dmitriy Medvedov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qilishdan bosh tortgani Vashingtonning Suriya masalasi bo‘yicha pozitsiyasi kuchsiz ekanini anglatadi, deb hisoblamoqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

Yamanda Saudiya Arabistoni samolyoti urib tushirildi>>

Yamanda harbiylar husiychilarga qarshi harbiy amaliyotlar olib borayotgan koalitsiya samolyotini urib tushirishdi.

Foreign Policy: Putin Asad va sanksiyalardan xavotirda emas>>

AQSh prezidenti Barak Obama rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin sanksiyalar hamda Suriyadagi ittifoqdoshini yo‘qotayotgani tufayli tushkunlikka tushib, ushbu qadamlarni qo‘ymoqda, deb o‘ylasa, qattiq yanglishadi. Aslida u xalqaro siyosiy maydonda o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqchi, deb hisoblaydi Foreign Policy kolumnisti.

Arman eksperti: Rossiya Turkiyani terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi>>

Rossiya Turkiyaga o‘ziga xos ogohlantirish yo‘llab, Suriyadagi radikal terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi. Bu haqda o‘zini “turkolog” deb tanishtirgan armanistonlki ekspert Andranik Ispiryan Sputnik Armeniya agentligiga bergan intervyusida aytdi.

FT: Putin va Obama ittifoqchilar uchun kurash olib bormoqda>>

Suriyadagi ixtilof munosabati bilan Fors ko‘rfazi davlatlari Rossiya va AQSh o‘rtasida tanlov qilish masalasi oldida turibdi. Ushbu davralarda ikki davlatdan qay biri bilan hamkorlik qilish borasida qizg‘in bahslar bormoqda.

Rossiya samolyotlari IShID qo‘mondonlik punkti, fugaslar sexi va artbatareyani yo‘q qildi>>

Rossiya harbiylari bir kun davomida Suriyadagi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan an'anaviy ravishda hisobot berishdi.

Top