10:20 / 15.10.2015
3123

WhatsApp orqali bolasini sotmoqchi bo‘lgan yoqutistonlik ayolga shartli hukm o‘qildi

WhatsApp mobil ilovasi orqali bolasini sotishga harakat qilgan yoqutistonlik ayol sud qarori bilan 1.5 mln rubl jarima to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, unga 3 yillik shartli muddat belgilandi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

27 yoshli ayol 2015 yil iyulida 5 oylik bolasini 1.5 mln rubl evaziga sotayotgan paytida qo‘lga olingan edi. “Xaridorlar” aslida operativ agentlar edi, shu bois ayol jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Top