12:58 / 15.10.2015
8265

Yozda o‘zining kasodga uchraganini ma'lum qilgan 50 Cent dollar taxlamlari bilan fotosessiya uyushtirdi

14 oktabr kuni 50 Cent Instagramdagi sahifasiga o‘zining ko‘plab naqd pul taxlamlariga "ko‘milgan" holatlari aks etgan suratlarini joylashtirdi. Mashable nashri bu holatga e'tibor qaratdi va bu reper shu yilning iyul oyida bankrotlik e'lon qilgani haqida eslatib o‘tdi.

Bu suratlarda reper karovatida behisob pul taxlamlari orasida o‘tirgani, shuningdek yuz dollarlik kupyuralardan iborat pul taxlamlari orqali polda "bankrotlik" (broke) yozuvini hosil qilgani ko‘rinadi.

U shuningdek, o‘z obunachilariga kechalari uxlamasdan ijod qilayotgani haqida bildirgan.
Uning bu harakatiga ikki xil munosabatlar bildirilgan.
Bir toifa uni yolg‘onchilikda ayblagan bo‘lsa, ko‘pchilik uni og‘ir iqtisodiy vaziyatdan chiqib ketgani, buning uchun o‘zida kuch va iroda topa olgani uchun qutlashgan.

Ba'zilar esa bu harakat uning raqibi Rika Rossi tomonidan 50 Cent bankrot bo‘lganidan juda xursandligini ma'lum qilib bir necha marta intervyu berganiga munosib javob bo‘lganini e'tirof etishgan.

Shu yilning iyulida AQShlik taniqli rep musiqa ijrochisi 50 Cent laqabi bilan tanilgan Kertis Jyeyms Jyekson Uchinchi o‘zining kasodga uchragani sababli kreditorlardan himoya qilinishi haqida sudga ariza bergandi.

U bankrotlik e'lon qilishidan 3 kun oldin internetda behayo video joylashtirgani uchun sud tomonidan 5 mln dollarlik jarimaga tortilgandi.

Top