16:59 / 16.10.2015
2630

2015 yilda 600 ming nafardan ziyod kishi dengiz orqali Yevropa Ittifoqiga kirib keldi

600 mingdan ziyod kishi dengiz yo‘llari orqali Yevropa mamlakatlariga kirib keldi, deya xabar tarqatdi Migratsiya masalalari bo‘yicha xalqaro agentlik.

Tashkilot xabariga ko‘ra, 2015 yilda Yevropa sohillariga 613 ming 179 kishi sog‘-omon yetib kela olgan. 3 ming 137 kishiga esa bu baxt nasib etmagan va O‘rta Yer dengiziga cho‘kib ketgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Yevropa tashqi chegaralari xavfsizligi bo‘yicha “Fronteks” agentligining so‘nggi ma'lumotlarida keltirilishicha, sentabr oyi holatiga ko‘ra, Yevrokengashga 630 ming muhojir kirib kelgan.

Yil boshidan buyon birgina Gretsiya 277899 nafar suriyalik, 76620 nafar afg‘onistonlik, 21552 nafar iroqlik, 14 ming nafardan ziyod pokistonlik va 12,6 ming albaniyalikni kutib olgan. Mamlakatga har kuni 4,5 ming nafar atrofida muhojir kirib kelmoqda.

Top