16:17 / 16.10.2015
5166

AQSh qamoqxonalarida cho‘chqa go‘shti taqiqlandi

Baraka Obama (Barak Obama) ma'muriyati mamlakat qamoqxonalari menyusidan cho‘chqa go‘shtini olib tashlash haqida qaror qabul qildi deb yozadi muxlis.uz sayti. Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda AQSh Qamoqxonalar Federal buyurosi boshqaruvidagi 120 penitentsiar federal uyushmada 206 000 maxbusni kuniga uch mahal oziq-ovqat bilan ta'minlanadi va qonun yangi yilda kuchga kiradi.
Bu qaror maxbuslar orasida o‘tkazilgan so‘rovdan keyin qabul qilingan. Aniqlanishicha, ko‘pchilik maxbuslarga cho‘chqa go‘shti ta'mi umuman yoqmaydi.
«Nima uchun odamlarga yoqmaydigan taomlar tayyorlanishi kerak?», - deydi AQSh Qamoqxonalar byurosi vakili Edmond Ross (Edmond Ross). U hozirda AQSh hukumatiga boshqa go‘shtlarga nisbatan qimmat tushishi haqida ham xabarlar bor.

Top