"Real" klubi yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida matbuotda yozilayotgan gaplarni inkor etdi.
Eslatib o‘tamiz, agent Beyl haqida gapirarkan: "U Ronaldudan ko‘p narsalarni o‘rganishi lozim, ammo ich kiyimlar sotish bo‘yicha dunyoning eng yaxshi sotuvchisi bo‘lishi kerak, deb o‘ylamayman", - degani matbuotda tarqab ketgan edi.
"Men bunday ahmoqona ma'lumot haqida izoh berishim shart emas. Bu qandaydir yomon jurnalist tomonidan yozilgan kulguli xabardir", - deydi Barnett.
Eslatib o‘tamiz, agentning ushbu gaplari tufayli Benites tashvishga tushgan va Beyldan Ronaldu bilan gaplashib olishni so‘ragani aytilgan edi.
Shuningdek, Ronalduning o‘zi ham Barnettning gaplari yuzasidan norozilik bildirgan.