22:53 / 16.10.2015
2929

Google’ning “aqlli” kontakt linzalari quyosh batareyasida ishlaydi

Google korporatsiyasi protsessor, xotira va datchikka ega kontakt linza uchun patent oldi, deb ma'lum qilmoqda Quartz. Patentda qurilma quyosh batareyasi asosida ishlashi ko‘rsatib o‘tilgan.

Patent “Elektrquvvati va optik signallar yordamida ishlovchi kontakt linzalar” nomini olgan bo‘lib, 2012 yilning iyulida topshirilgan edi. Qurilma quvvati atrofdagi manbalarni qabul qilib oladi. U fotoelement yordamida nafaqat quyosh nuridan, balki elektr chiroqlar va fotoapparat yoritgichidan ham quvvat oladi.
Loyiha 2014 yilning yanvarida namoyish etilgan bo‘lib, u diabeti bor bemorlarga qondagi shakar miqdorini qanchaligini ko‘rsatib turadi. Hozirda qurilmaning imkoniyatlari oshirilgan. Gadjyet tashqaridagi qurilmaga tana harorati, qondagi alkogol miqdori, havodagi allergenlar miqdori va boshqa xavfli narsalar haqda ma'lumot jo‘natib turadi.

Top