15:01 / 16.10.2015
3629

Havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha MDH Muvofiqlashtiruvchi kengashiga yangi rais tayinlandi

Rossiya Federatsiyasi general-polkovnigi Viktor Bondarev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Mudofaa vazirliklari huzuridagi havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mita raisi etib tayinlandi. Mazkur qaror 16 oktabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Ko‘kshetau shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida qabul qilindi, deya xabar bermoqda BNews.kz.

“Majlisda bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. MDH Davlat rahbarlari kengashi Hamdo‘stlik davlatlarining Aksilterror markazi rahbari Rossiya Federatsiyasi politsiyasi general-polkovnigi Novikov Andrey Petrovichning lavozim muddatini uzaytirib, yana bir Rossiya vakili general-polkovnik Bondarev Viktor Nikolayevichni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Mudofaa vazirliklari huzuridagi havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mita raisi etib tayinlandi”, - dedi MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedov.

Top