08:48 / 16.10.2015
3302

Iroq harbiylari IShIDning mamlakat shimolidagi bir qancha qo‘mondonlik punktlarini yo‘q qildi

Iroq qurolli kuchlari IShIDning bir qator qo‘mondonlik punktlari hamda qurol-yarog‘ omborxonalarini yo‘q qildi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali ma'lum qildi.

Unda aytilishicha, Iroq havo kuchlari bir qancha vaqtdan beri harbiy operatsiyalar davom etayotgan Anbar vilotiyaga aviazarbalar bergan. Ramadi shahri markazida esa, 31 jangari yo‘q qilingan.

Shuningdek, harbiylar Ramadi va Bayji shaharlarini bog‘lab turuvchi Salox ad-Din viloyatini ham jangarilar nazoratidan ozod qilish muyassar bo‘ldi. Iroq qo‘mondonligining ma'lum qilishicha, IShID jangarilari Bayji shahrini tashlab chiqib ketishlari mumkin.

Top