17:56 / 16.10.2015
5833

IShID qo‘lida ko‘chma zenit raketa komplekslari borligi aytildi

Rossiya bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i Andrey Kartapolov IShID jangarilari qo‘lida zamonaviy ko‘chma zenit raketa komplekslari borligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda u “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Biz jangarilarda KZRK borligi haqidagi axborotga egamiz, lekin hali ular qo‘llanganini ko‘rmadik. Shu bois bunday qurolning jangarilar qo‘liga tushib qolgani kimlarningdir masala yechimiga mas'uliyatsizlik bilan yondashganidan dalolat bo‘lishi mumkin”, - dedi u.

Shuningdek, Kartapolov jangarilar shunchaki kallakesarlar emas, balki jang qilishga o‘rgangan tajribali qurolli shaxslar ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Top