22:01 / 16.10.2015
5728

KUN.UZ dayjesti: 16 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 16 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Turkiya TIV: Rossiya va Turkiya samolyotlari bir kunda 13 marotaba xavfli ro‘baru bo‘lishdi>>

Rossiya va Turkiya samolyotlarining bir-birlari bilan kun davomida xavfli raqishda yaqinlashganlari haqida Turkiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Ali Kamol Oydin “Rossiya va Turkiya: ko‘p rejali hamkorlikni mustahkamlash” anjumanida chiqishi paytida aytib o‘tgan.

BMT Xavfsizlik kengashiga 5 davlat muvaqqat a'zo sifatida qabul qilindi>>

BMT Bosh assambleyasi ovoz berish jarayonida Ukraina, Misr, Senegal, Urugvay va Yaponiya 2016-2017 yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashining muvaqqat a'zolari qatoriga qabul qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Obama va Erdo‘g‘an IShIDga qarshi kurashni kuchaytirish va Rossiyaning Suriyadagi ishtirokini muhokama qilishdi>>

AQSh va Turkiya prezidentlari Barak Obama va Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatda IShIDga qarshi kurashda hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar.

Ramzon Qodirov: Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosi kiritilishi lozim>>

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosi kiritilishi lozimligini, chunki ularning qamoqda saqlanishi “noto‘g‘ri” ekanligiga ishonchi komilligini aytdi. Uning fikricha, bunday kimsalar musulmonlar bilan hech qanday umumiy jihatga ega emas. 

Associated Press: AQShlik harbiylar Qunduzdagi shifoxonaga hujum qilishayotganini bilishgan>>

AQShning maxsus operatsiyalar bilan ishlovchi tahlilchilari Afg‘onistonning Qunduz shahridagi “Chegarasiz shifokorlar” shifoxonasiga hujum qilinishidan bir necha kun avval ushbu obekt haqida ma'lumotlar yig‘ishgan, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Poroshenko ingliz tilini davlatning ikkinchi tiliga aylantirish taklifini bayon qildi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ingliz tilini davlatning ikkinchi tiliga aylantirish borasida yagona to‘xtamga keldi, deb ma'lum qilmoqda TASS.

Obama Afg‘onistondagi vaziyatni “qaltis” deya baholadi>>

AQSh Afg‘onistondagi beqaror vaziyat tufayli bu yerda 2016 yildan keyin 5,5 mingga yaqin askarini qoldiradi, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Jahon banki Suriyaning qo‘shnilariga yordam beradi>>

Jahon banki Suriyaga qo‘shni davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Ro‘yxatda birinchi o‘rinda Livan va Iordaniya turibdi.

Ashxobod Ostonaga norozilik bildirdi>>

Ashxobod Ostonaga o‘z noroziligini bildirib, bundan keyin Turkmanistondagi vaziyatni yoritishda Qozog‘iston xolis axborotdan foydalanishiga umid bildirdi.

“Eyr Astana” Kaspiy dengizida Rossiya raketalari uchirilgani tufayli yo‘nalishini o‘zgartirdi>>

“Eyr Astana” aviakompaniyasi Kaspiy dengizi atrofidagi vaziyat tufayli Olma-Ota-Boku-Olma-Ota reysining yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati vakili “Ostona” telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Peterburglik biznesmen uyidan tojikistonlik muhojirning qoldiqlarini topib oldi>>

Sankt-Pererburgdagi qurilish-ta'mirlash kompaniyalaridan birining direktori o‘zining kottejida uning qo‘lida 10 yil ishlagan tojikistonlik muhojirning tanasi qoldiqlarini topib oldi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar berildi.

MDH Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi ish boshladi>>

Qozog‘iston Respublikasining Ko‘kshetau shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi ish boshladi.

Qirg‘iziston politsiyasi mintaqadagi eng katta bozorni o‘rab olishdi>>

Qirg‘iziston politsiyachilari Bishkekdagi Do‘rdoy buyum bozorini o‘rab olishdi. Interfaks agentligining ma'lum qilishicha, bu chora qamoqdan qochgan mahbuslarni qidirish operatsiyasi doirasida amalga oshirilgan.

AQSh Turkmaniston bilan aloqalarni mustahkamlaydi>>

AQSh Turkmaniston bilan aloqalarni yanada chuqurlashtirish va konstruktiv dialog o‘rnatish niyatini bildirdi. Bu haqda Vashingtonda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov o‘tkazgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra AQSh davlat departamenti matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytildi.

Qozog‘istonda MDH davlatlari rahbarlarining kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi>>

16 oktabr kuni Qozog‘istonning Bo‘rabay qishlog‘ida MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasining sayti orqali xabar qilindi.

Qirg‘izistonda izolyatordan qochgan terrorchi yo‘q qilindi>>

Qirg‘iziston politsiyasi tergov izolyatoridan qochib ketgan terrorchi Doniyor Qodiraliyevni yo‘q qildi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Baqit Seyitov ma'lumot berdi.

Internetda Qirg‘izistondagi izolyatordan qochgan terrorchini yo‘q qilish operatsiyasi tasvirlangan video tarqaldi

Internetda dron orqali tasvirga olingan Qirg‘izistondagi izolyatordan qochgan terrorchini yo‘q qilish uchun o‘tkazilgan maxsus amaliyot videosi paydo bo‘ldi.

MDH Davlat rahbarlari kengashining keyingi majlisiga Qirg‘iziston raislik qiladi>>

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining keyingi majlisi 2016 yilning 16 sentabrida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda bugun, MDH davlat rahbarlari kengashining Qozog‘istondagi Burabay qishlog‘ida o‘tkazilayotgan majlisi vaqtida tuzilmaning ijrochi kotibi Sergey Lebedev ma'lum qildi.

OAV: Hindistonning Nirbhay raketalari sinovi omadsiz yakunlandi>>

Hindistonning tovush tezligigacha bo‘lgan Nirbhay raketalari sinovi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi, xabar berdi IANS agentligi Hindiston Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti (DRDO) ma'lumotiga asoslangan holdi.

Nazarboyev qochqinlar ichida terrorchilar ham bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Yevropaga yuz minglab adadda kelayotgan qochqinlar orasida kechagi terrorchilar ham yashiringan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda u MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida bayonot berdi.

Emomali Rahmon ekstremistik guruhlar sonining oshishidan xavotirda>>

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ekstremistik guruhlarning sonining ortayotganligi munosabati bilan o‘z xavotirini bildirdi. Bu haqda u MDHga a'zo davlatlar rahbarlarini kengashining Qozog‘istonda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida gapirdi.

Putin Afg‘onistondagi vaziyatni inqirozga yaqin deb baholadi>>

Jangarilarning faollashuvi natijasida Afg‘onistondagi vaziyat yana inqirozga yaqinlashib qoldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDHga a'zo davlatlar rahbarlarini kengashining Qozog‘istonda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida gapirdi.

Top