17:03 / 16.10.2015
3949

MDH davlatlari rahbarlari chegara xizmatlarining hamkorligi masalalarini muhokama qilishdi

16 oktabr kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida, boshqa ko‘plab mamlakatlar qatorida, mamlakatlarning chegara xizmatlarining hamkorligi masalasi muhokama qilindi.

Tashkilot ijroiya qo‘mitasi raisi S. Lebedevning ma'lum qilishicha, tadbir doirasida “MDHga a'zo davlatlar chegara va boshqa idoralarining tashqi chegaralardagi inqirozli vaziyatlarni nazorat ostiga olishga yo‘naltirilgan guruhini shakllantirish to‘g‘risida”gi hujjat ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, 2016-2020 yillarda chegaralarni mustahkamlash yuzasidan hamkorlik dasturi qabul qilindi.

Top