07:34 / 16.10.2015
2349

Oq uy Afg‘onistondan qo‘shinlarning olib chiqilishi muddatlarini ayta olmayapti

AQShda Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining batamom olib chiqilishi muddatlarini ayta olishmayapti, deb aytdi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest.

“Bu savolga keyingi oliy bosh qo‘mondon (prezident) javob beradi”, deb aytdi Ernest. Oq uyda ikki muddat o‘tirgandan keyin 2017 yilning boshida iste'foga ketadigan Barak Obama Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqib ketish haqidagi o‘zining saylovoldi va'dasini bajara olmagani tan oldi. 

Obama AQSh qo‘shinlari 2016 yilning oxirida Afg‘onistondan olib chiqib ketilmasligi va 2016 yildan keyin ham bu davlatda 5,5 ming harbiy qoldirilishini ma'lum qildi. 

Top