12:41 / 16.10.2015
5676

Peterburglik biznesmen uyidan tojikistonlik muhojirning qoldiqlarini topib oldi

Sankt-Pererburgdagi qurilish-ta'mirlash kompaniyalaridan birining direktori o‘zining kottejida uning qo‘lida 10 yil ishlagan tojikistonlik muhojirning tanasi qoldiqlarini topib oldi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar berildi.

Ta'kidlanishicha, 14 oktabr kuni 47 yoshli tadbirkor ikki hafta boshqa joyda bo‘lganidan so‘ng dala hovlisiga qaytgan. U yerda 53 yoshli tojikistonlik ishchisining tanasini topib olgan.
Marhum dala hovlining chetidagi uychada yashagani aytilmoqda. U ayni paytda shu uyda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
O‘lim sabablarini aniqlash uchun tana ekspertizaga yuborildi.

Top