12:00 / 16.10.2015
2394

Qirg‘izistonda 2015 yil boshidan buyon 774 kishi YTH qurboni bo‘ldi

2015 yilning 9 oyi davomida 5 ming 143 marta yo‘l-transport hodisasi yuz bergani qayd etilgan. Bu YTHlar natijasida 774 kishi halok bo‘lgan va 7 ming 594 kishi jarohatlangan. Bu haqda Qirg‘iziston IIV matbuot xizmati xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, 2014 yilga nisbatan YTH ko‘rsatkichlari 1,4 foizga kamaygan. Bu yilgi YTHlarda bolalar ishtiroki 3,1 foizga kamaygan (1 ming 49 nafar). Halok bo‘lganlarning 82 nafari, jarohatlanganlarning 1,204 nafari bolalar.

Yo‘lovchi transportlari ishtirokidagi YTHlar soni 363ta bo‘lgan. Bunday YTHlar tufayli 32 kishi halok bo‘lgan va 689 kishi jarohatlangan.

Xabar qilinishicha, YTHlarga asosan haydovchilarning qoidalarni buzishi, tezlikni oshirishi, transport vositalarini mast holatda boshqarishi va qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanishi sabab bo‘lgan.

Top