09:42 / 16.10.2015
2512

Qirg‘izistonning YeII davlatlari bilan tovar aylanmasi tashqi savdoning 45 foizini tashkil qildi

Qirg‘izistonning YeII davlatlari bilan savdo hajmi 1.6 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu mamlakat tashqi savdo hajmining 45 foizidan oshiqroqdir. Bu ma'lumotlar davlat statistika qo‘mitasi tomonidan keltirildi.

Ta'kidlanishicha, import hajmi 87.5 foizni, eksport hajmi esa 12.5 foizni tashkil qildi. YeII bilan savdo strukturasida asosiy o‘rinni Rossiya (66 foiz) va Qozog‘iston (32 foiz) tashkil qildi.

Top