18:01 / 16.10.2015
4299

Rossiya shtabi: Eron, Iroq va Suriya IShID bilan kurash rejalarini Rossiya bilan muvofiqlashtiradi

Rossiya bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i Andrey Kartapolov Eron, Iroq va Suriya harbiy havo kuchlari IShID jangarilariga qarshi o‘tkaziladigan harbiy operatsiyalarni Rossiya bilan muvofiqlashtirib amalga oshirishini ta'kidladi. Bu haqda u “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Ular vazifalarni o‘zlarining rejalariga muvofiq amalga oshirishadi”, - qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, Kartapolov jangarilar shunchaki kallakesarlar emas, balki jang qilishga o‘rgangan tajribali qurolli shaxslar ekanligini ta'kidlab o‘tdi.

Top