22:16 / 16.10.2015
6410

Suriya mojarosi: 16 oktabr kuni Yaqin Sharq mintaqasiga bog‘liq holda sodir bo‘lgan muhim voqealar

Quyida bugun "Suriya mojarosi" bo‘yicha yuz bergan eng muhim yangiliklarni takroran havola qilamiz.

Putin: Rossiya harbiylari Suriyada diqqatga sazovor natijalarga erishdi>>

Rossiya harbiylari Suriyada o‘tkazilayotgan harbiy operatsiya chog‘ida diqqatga sazovor natijalarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDHga a'zo davlatlar rahbarlarini kengashining Qozog‘istonda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida gapirdi.

Turkiya Suriya bilan chegarada uchuvchisiz samolyotni urib tushirdi>>

Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh havo kengligida uchuvchisiz parvoz qiladigan samolyot urib tushirildi, deya xabar qildi Reuters agentligi Turkiya hukumatidagi axborot manbasi ma'lumotiga asoslangan holda.

Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi ko‘magida Halab yaqinida hujum boshladi>>

Suriya qo‘shinlari va ularning ittifoqchilari Rossiya aviatsiyasi ko‘magida isyonchilarning Halab janubidagi pozitsiyalariga hujumlarni boshlab yuborishdi. Bu haqda Londonda joylashgan Suriya inson huquqlariga rioya qilish monitoringi markazi xabar qildi.

Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi IShID jangarilari sonini 40-50 ming atrofida deb baholadi>>

IShID jangarilari soni 40-50 ming atrofida, deya ma'lum qildi Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi vakili Andrey Kartapolov. 

Rossiya Suriyaga gumanitar yordam samolyotlarini uchirdi>>

Rossiya FVV Suriyaga gumanitar yordam ortgan Il-76 maxsus samolyotini jo‘natdi, deb xabar bermoqda RIA "Novosti".

Suriyada IShIDga qarshi kurash bo‘yicha Rossiya harbiy bazasi tashkil etiladi>>

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada IShIDga qarshi kurash olib borish uchun yagona harbiy baza tashkil etadi. Bu haqda RF Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbar o‘rinboasri general-polkovnik Andrey Kartapolov “Komsomolskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi: Suriyadagi Rossiya uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlarida yo‘qotishlar yo‘q>>

Suriyadagi amaliyotlarda ishtirok etayotgan barcha Rossiya samolyotlari harbiy vazifalarni bajarganidan so‘ng aviabazaga qaytib keldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiyada uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparati urib tushirilishi manzarasida xabar berdi.

Rossiya shtabi: jangarilar faqat bosh kesishni emas, jang qilishniyam bilishadi>>

Rossiya bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i Andrey Kartapolov IShID jangarilari zamonaviy qurolga egaligini, ularning maxsus guruhlari esa yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda u “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Rossiya shtabi: Eron, Iroq va Suriya IShID bilan kurash rejalarini Rossiya bilan muvofiqlashtiradi>>

Rossiya bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i Andrey Kartapolov Eron, Iroq va Suriya harbiy havo kuchlari IShID jangarilariga qarshi o‘tkaziladigan harbiy operatsiyalarni Rossiya bilan muvofiqlashtirib amalga oshirishini ta'kidladi.

Putin: MDHning 7 ming vakili IShID tomonida jang qilmoqda>>

MDH davlatlaridan chiqqan kamida 7 ming kishi IShID tarkibida turib harbiy harakatlarda ishtirok etmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDHga a'zo davlatlar rahbarlarini kengashining Qozog‘istonda o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishidagi chiqishida gapirdi.

IShID qo‘lida ko‘chma zenit raketa komplekslari borligi aytildi>>

Rossiya bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i Andrey Kartapolov IShID jangarilari qo‘lida zamonaviy ko‘chma zenit raketa komplekslari borligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda u “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Top