14:38 / 16.10.2015
3272

Tojikiston tog‘larida Rossiya harbiylarining aksilterror mashqlari o‘tkazildi

Tojikistonning tog‘li hududlarida Rossiyaning 201-harbiy bazasi harbiy xizmatchilarining xalqaro terrorchilikka qarshilik ko‘rsatish bo‘yicha o‘quvlari o‘tkazildi.

Bu haqda harbiy bo‘linma qo‘mondonligi shtabi xodimlari xabar berdi. “Aksilterror mashg‘uloti Dushanbedan 25 km janubda joylashgan Laur harbiy poligonida o‘tdi”, - ularning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Stsenariyga ko‘ra, diversantlar guruhi aholijoyni egallab, bu yerda qo‘mondonlik shtabini tashkil qiladi va Tojikiston hududiga kirishga urinadi. Harbiylar ularning bu xatti-harakatlarini to‘xtatishi talab qilindi.

Top