23:45 / 16.10.2015
2464

Turkiya Yevropa Ittifoqidan o‘zini “xavfsiz” deb tan olinishi va migratsiya uchun 3 mlrd yevro ajratishni so‘ramoqda

Turkiya Yevropa Ittifoqidan o‘zini “xavfsiz” davlat deb tan olinishini va migratsion inqiroz bilan kurashish uchun 3 mlrd yevro ajratishni so‘ramoqda. Bu haqda 16 oktabrda Yevrokomissiya matbuot xizmati ma'lum qildi.  

“Turkiya o‘zini “xavfsiz” deb tan olinishi va 3 mlrd yevrogacha qo‘shimcha moliyalashtirishni istamoqda”, deb aytildi xabarda. Turkiya ayni kungacha migratsion inqiroz bilan kurashish uchun 7 mlrd yevroga yaqin mablag‘ sarflagan.

Yevrokomissiya sentabr o‘rtalaridan beri “xavfli” va “xavfsiz” davlatlar ro‘yxatini tayyorlamoqda. “Xavfsiz davlatlar” fuqarolari iqtisodiy muhojirlar sifatida qaralib, agar ular o‘z vatanlarida o‘zlarining e'tiqodlari, dinlari yoki jinsiy oriyentatsiyalari sababli taqib qilish tahdid qilinayotganini isbotlay olmasalar Yevrokomissiya ularni o‘z vatanlariga qaytarib yubormoqchi.    

Bundan tashqari, Turkiya viza bo‘yicha erkinlashtirish jarayoni hamda Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishni so‘ramoqda.

Top