Turkmanistonning Toshxovuz shahri Mustaqil davlatlar hamdo'stligining 2016 yilda madaniy poytaxti bo'ladi. Bu haqda MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedov 16 oktabr kuni Qozog'iston Respublikasining Ko'kshetau shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ma`lum qildi, deya xabar bermoqda BNews.kz.

“Majlisda, shuningdek, Hamdo'stlik mamlakatlari o'rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash va MDH davlatlarining iqtisodiy va siyosiy hamkorligi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 2016 yilda “MDH Madaniy poytaxtlari” davlatlararo dasturini amalga oshirish masalasi ham ko'rib chiqildi”, - dedi u.
Uning so'zlariga ko'ra, kelgusi yilda ushbu shaharda madaniyat mavzusidagi qator tadbirlar tashkil etiladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq davlatlar rahbarlari Qirg'iziston Respublikasining 2016 yilda MDH raisligi, navbatdagi kengash yig'ilishi esa 2016 yil 16 sentabr oyida Qirg'izistonda bo'lib o'tishi to'g'risida qaror qabul qilishgan edi.

Kun tartibida jami 17ta masala ko'rib chiqildi. Xususan, BMT tashkil topishining 70 yilligi hamda xalqaro terrorchilikka qarshi kurash yuzasidan bayonot, shuningdek, Chernobil AESdagi avariyaning 30 yilligi munosabati bilan murojaat qabul qilindi.