18:37 / 16.10.2015
11115

Xitoylik aktrisa go‘zal qiyofasidan shubhalanishgani uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Anjyela Beybi taxallusi bilan mashhur xitoylik aktrisa Yan Vin Pekindagi Ruili shifoxonasi ayolning go‘zalligi tabiiy emas, deya e'lon qilganidan so‘ng tibbiy ekspertizadan o‘tdi. Bu haqda The Independent xabar tarqatdi.

Ruili vakillarining matbuotda chop etilgan xabarida Yanning iltimosi bilan bir necha marotaba uning yuzi ustidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani keltirilgan. Aktrisa esa ushbu xabarni tuhmat deb atab, uning yuzidagi yevropaliklarga xos ayrim shakllar nemis millatiga mansub bobosidan o‘tganini ta'kidladi.

Aktrisa mustaqil ekspertlarga murojaat qilib, go‘zalligining tabiiy ekanini isbotlashini ma'lum qildi. Shifokorlar qator rentgent va MRT tekshiruvlarini o‘tkazib, yuzidagi suyak va yumshoq to‘qimalarga hech qanday jarrohlik tig‘lari daxl qilmaganini tasdiqlashdi.26 yoshli aktrisa klinikani sudga berib, obro‘siga yetkazilgan zarar uchun yarim million yuan (79 ming dollar) tovon puli talab qildi.

Top