11:29 / 17.10.2015
5825

ANDROID 6.0 MARSHMALLOW yangilanmasidan LG G4 smartfonlarida foydalanish imkoni tug‘ildi

Yangilanmadan foydalanish imkoniyatiga Polshadagi LG smartfoni egalari birinchilardan bo‘lib ega bo‘lishadi.

SeUL, 2015 yilning 16 oktabri. — LG G4 smartfoni egalari OS ni Android 6.0 Marshmallow gacha yangilab olishlari mumkin. LG G4 foydalanuvchilari kelasi haftaning o‘zidayoq ushbu yangilikdan foydalanishlari mumkin, so‘ngra u Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikaning boshqa mamlakatlarida ham qo‘llanila boshlaydi.
Android operatsion tizimining yangi shakli undan foydalanish jarayonini yanada yaxshilashga qaratilgan qator imkoniyatlarni taqdim etadi:
• Nafaqat ilovani o‘rnatish vaqtida, balki boshqa paytda ham ilovaning ma'lumot olish imkoniyati ustidan nazoratni kengaytirish. Bunda ruxsat berish jarayoni foydalanuvchi uchun osonlashtirildi.
• Uyg‘otgich va xabarnoma rejimlarini qoldirib, foydalanuvchining tanloviga qarab yoki istalgan ovozlarni o‘chiradigan ovozsiz rejim, tebranish (vibratsiya) rejimi, shuningdek “Bezovta qilmang” rejimlari
• Batareya ishining davomiyligini uzaytirish maqsadida, smartfon ishlamayotgan vaqtda muayyan ilovalarning fondagi faoliyatini o‘chirib qo‘yadigan uyqu rejimi
“Google bilan yaqin hamkorlik sababli LG boshqalarga qaraganda G4 uchun Android 6.0 shaklini taklif eta oldi ”, - deydi LG Mobile Communications kompaniyasi vitse-prezidenti va marketing aloqlari rahbari Kris Yi. – Tabiiyki, tezlik yaxshi sifatning yagona belgisi sanalmaydi, biroq aynan u ishlab chiqaruvchi o‘z mijozlari haqida qayg‘urishiga insonlarni ishontira oladi”.
Yangilikning grafikasi va modellar to‘g‘risidagi batafsil ma'lumotlar muayyan mamlakatda alohida e'lon qilinadi.

LG Electronics kompaniyasi haqida (KSE: 066570.KS) yuqori texnolo-gik elektronika, zamonaviy mobil aloqa va maishiy texnika vosita-larini ishlab chiqarishda dunyo yetakchisi sanaladi. Kompaniyaning bu-tun dunyodagi 119 ta filiallarda 83 mingdan ortiq kishi ishlaydi. LG kompaniyasi to‘rtta bo‘linmadan tashkil topgan: Home Entertainment, Mobile Communications, Home Appliance&Air Solution i Vehicle Components, ularning umumiy savdo hajmi 2014 yilda 56 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi (59 trillion Janubiy Koreya voni). LG Electronics tekis panelli televizorlar, mobil telefonlar, havo sovutgichlari, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar ishlab chiqarishda jahondagi yetakchilardan biri hisoblanadi. Shuningdek, LG Electronics “2014 ENERGY STAR Partner of the Year” mukofotining sovrindoridir. Qo‘shimcha ma'lumot uchun www.lg.com saytiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
LG Electronics Mobile Communications kompaniyasi to‘g‘risida
LG Electronics Mobile Communications mobil aloqa sohasida yangilik yaratuvchi va trendlarning qonun tamoyillarini ishlab chiqaruvchi sanaladi. LG ekran, batareykalar va kamera uchun optikalar sohasida kuchli raqobatbardoshli texnologiyalar yordamida, shuningdek bozordagi asosiy yetakchilar bilan strategik hamkorlik hisobiga mobil texnologiyalar taraqqiyotiga xissa qo‘shib kelmoqda. LGning iste'molchi uchun mo‘ljallangan mahsuloti, xususan premium sinfining G seriyasiga oid flagman modellari ham o‘zining ergonomik dizayni va qulay foydalanish imkoniyatini ta'minolovchi, iste'molchini his etib turuvchi funksiyalari bilan ajralib turadi. Kompaniya foydalanuvchilarga smartfonlar, planshetlar orasida ulanish uchun keng imkoniyatlar, maishiy texnika va mobil qurilmalarning turli xil tanlovga ega modellarini taklif etgan holda, mijozlarga yangi birgalikda harakat qilish davrini o‘zlari uchun kashf etishda yordam berishga intiladi. Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun, marhamat qilib, www.lg.com saytiga tashrif buyurishingizni so‘raymiz.

Reklama xuquqlari asosida.

Top