09:25 / 17.10.2015
7147

AQSh Eron raketa uchirgani bois unga nisbatan choralar ko‘rmoqchi

AQSh Eron ballistik raketa uchirgani bois unga nisbatan zaruriy choralar ko‘rish kerak deb hisoblamoqda va yaqin orada bu masalani BMT Xavfsizlik kengashida ko‘tarmoqchi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Tonerga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

“Yaqin kunlarda biz tegishli javob berilishini talab qilgan holda BMT Xavfsizlik kengashida bu masalani ko‘taramiz. Men zudlik bilan choralar ko‘ramiz deb ayta olmayman, biz shubhasiz bunga haqlimiz, biroq bu masalani dastlab BMT Xavfsizlik kengashida ko‘tarishimiz kerak”, deb aytdi Toner.

Avvalroq Eron mudofaa vaziri general Husayn Dehqon Eron uzoq radiusdagi ta'sirga ega yangi ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e'lon qilgandi.

AQSh Eron tomonidan ballistik raketaning sinovdan o‘tkazilishi BMT rezolyutsiyasini buzishini aytdi.

BMT Xavfsizlik kengashining 1929 rezolyutsiyasi Eron ballistik raketalar bilan bog‘liq istalgan tadbirlarda ishtirok eta olmasligini nazarda tutadi.

Top