01:27 / 17.10.2015
4667

Blatter: Platini “jyentlmenlik kelishuvi” bo‘yicha 2 mln dollar olgan

FIFA prezidenti lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgan Yozef Blatter UYeFA prezidenti Mishel Platiniga berilgan 2 mln dollar to‘liq qonuniy bo‘lganini ta'kidlamoqda. Bu haqda Blatter RRO TV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Blatter to‘lov u bilan Platini o‘rtasidagi “jyentlmenlik kelishuvi” bo‘yicha amalga oshirilganini aytib o‘tdi.

Ma'lumot uchun, 8 oktabrda FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi Blatterni, FIFA bosh kotibi Jyerom Valkeni va UYeFA rahbari Mishel Platinini korruptsion mojaro tufayli 90 kunga o‘z lavozimlaridan chetlatgan edi. Blatter Platiniga noqonuniy tarzda 2 mln dollar berganlikda gumon qilinmoqda.

Top