10:51 / 17.10.2015
7414

Britaniyaliklar eng chiroyli avtomobil o‘ylab topishdi

Buyuk Britaniyada mamlakat aholisi didini hisobga olib eng chiroyli va yaxshi avtomobil tasvirini yaratishdi. Illyustratsiyalar Car jurnalida e'lon qilindi.

Britaniyaliklarning fikricha, Aston Martin DB9’ning old qismi, Lamborghini Gallardo’ning profili, Triumph Spitfire’ning orqa qismi, MINI Cooper’ning faralari, Audi A1’ning orqa chiroqlari, Rolls-Royce Phantom’ning eshiklari, Range Rover Evoque’ning g‘ildiraklari, Citroen C4 Picasso’ning shishasidan mukammal avtomobil yaratish mumkin.

2014 yilda Britaniya sug‘urta kompaniyasi Warranty Direct eng ishonchli avtomobil detallaridan avtomobil kontsepsiyasini ishlabchiqqan edi. Horrific 4ORROR deb nomlangan avtomobil BMW M5’ning dvigateli, Audi RS6’ podveskasi, Mercedes-Benz R-Class’ning elektrigi va Fiat Multipla’ning tormoziga ega bo‘lgandi.

Top