Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a`zo davlatlar rahbarlari Isroil bilan erkin savdo hududi bo'yicha kelishuvni tuzish bo'yicha muzokaralarni boshlashga qarorga qildilar. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay`ati raisi Viktor Xristenko Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig'ilishida e`lon qildi. Bu yig'ilish Qozog'istonning Oqmala viloyatidagi kurort posyolkasida bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda BNews.kz nashri.

Xristenko YeOIIga a`zo davlatlar yetakchilari tomonidan Xitoy bilan savdo-iqtisodiy kelishuvni shakllantirish bo'yicha ishning boshlanishi haqida qaror qabul qilinganini ma`lum qildi.

“Umid qilamanki, rasmiy muzokaralar keyingi yilning 1-choragida boshlanadi. Hindiston, Eron, Misr va boshqa bir qator davlatlar bilan hamkorlikning preferentsial tartibini chuqurlashtirish, yaratish bilan bog'liq masalalar bilan ishlashning formatlari aniqlashtirib olindi. Bularning barchasi YeOIIga a`zo davlatlar manfaatlarini o'rta muddatli ustuvorliklari zaminini tashkil qiladi”, deb qo'shimcha qildi V.Xristenko.