17:53 / 17.10.2015
6452

IShID nazorati ostida yashovchi odamlar jangarilarning obektlari haqidagi axborotni Rossiyaga yetkazmoqda

Suriyaning IShID nazorati ostidagi hududlarida yashovchi aholi Rossiya harbiylariga u yerda joylashgan obektlar haqida ma'lumotlar yetkazmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov an'anaviy matbuot anjumanida bayonot berdi.

“Jangarilarning o‘q-dori omborxonalari va boshqaruv punktlarini keng hududga tarqatib yuborish amaliyoti natija bermayapti, - ma'lum qildi u. – IShID terrorchi guruhi yaratayotgan barcha yangi infrastruktura obektlari aniqlanib, yo‘q qilinmoqda”.
Konashenkov bu ishda mahalliy aholi jiddiy yordam ko‘rsatayotganligini ta'kidlab o‘tdi.

Top