08:56 / 17.10.2015
2328

Kamberbetch ijrosidagi “Hamlet” spektakllar translyatsiyalari ichida rekord o‘rnatdi

Aktyor Benedikt Kamberbetch ijrosidagi “Hamlet” Britaniya teatrlari tarixidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalar orasida eng ko‘p auditoriya to‘pladi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Aktyor muxlislaridan uning postanovkadagi chiqishini yozib olmaslikni iltimos qilgan edi. Shunga qaramay, jahon kinoteatrlarida 225 ming kishi to‘planib, Londonning “Barbikan” teatrida qo‘yilgan postanovkaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini katta ekranlarda tomosha qildilar.

Spektal 25 mamlakatdagi 1 400 ekranlarda ko‘rsatildi. Kamberbetch ko‘pdan buyon bunday miqyosdagi rolni qidirganini aytib o‘tdi.
“Hamlet uchun to‘g‘ri yosh degan tushunchaning o‘zi bormi, yo‘qmi, bilmadim, lekin, o‘ylashimcha, 36 yoki 37 yosh juda to‘g‘ri keladigan payt”, - ta'kidladi u.

Top