16:15 / 17.10.2015
4467

Klopp "Liverpul" futbolchilarining rafiqalari va ma'shuqalari jamoa bazasiga kelishini taqiqladi

"Liverpul" jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoada qat'iy tartib o‘rnatishga va yangi qoidalar joriy etishga kirishdi.

Yangi qoidalardan biriga ko‘ra, endilikda jamoa futbolchilarining turmush o‘rtoqlari hamda "dugonalari" jamoaning Melvuddagi bazasiga kelishi mumkin emas.

Klopp futbolchilarga jamoa bazasi "futbolcha shtab-kvatira" ekanini bildirgan.

The Telegraph nashrida yozilishicha, bundan oldinroq mersisaydliklar jamoasi a'zolari hafta o‘rtasida dam olish huquqlaridan mahrum bo‘lishgandi. Futbolchilar uchun bunday imtiyozlar Jyerar Ule murabbiylik qilgan paytda joriy qilingandi.

"Biz imkon qadar ko‘proq mashg‘ulotlar o‘tkazishimiz va ko‘proq vaqtimizni futbol maydonida o‘tkazishimiz kerak", degan Klopp.

Top