19:04 / 17.10.2015
4781

KXDRda chekishga qarshi yangi preparat ishlab chiqildi

KXDRda chekishga qarshi tabletka ko‘rinishidagi yangi preparat ishlab chiqildi. Mahalliy OAVning ma'lum qilishicha, ushbu preparat tabiiy vositalar, jumladan, jenshen o‘simligi kukuni va boshqa dorivor o‘simliklardan tayyorlangan.

Shimoliy koreyalik tibbiyot xodimlarining aytishicha, ushbu preparat immunitetni oshiradi va kishida hech qanday salbiy ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi. Preparat chekishni istovchi qondagi hujayralarni o‘ldiradi, yo‘tal va astmadan himoya qiladi. Davolash kursi 7-10 kunni tashkil etadi. KXDRda shuningdek, chekishni tashlash uchun igloterapiya kurslari ham mavjud.

Bugungi kunda KXDRda tamaki chekuvchilar yetarlicha topiladi. Ammo mamlakatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi ma'lumotlar yordamida chekuvchilar sonini sezilarli ravishda kamaytirishga erishilgan

Top