00:11 / 17.10.2015
5417

Meksikalik milliarder haftada uch kun ishlash taklifini bildirdi

O‘z moddiy holatiga ko‘ra, jahonda ikkinchi o‘rinda turuvchi meksikalik milliarder Karlos Slim haftasida 32-33 soat, ya'ni uch kun ishlash haqda o‘z taklifini bildirdi.

U, shuningdek, nafaqa yoshini 75 yoshga qadar uzaytirish haqda ham aytib o‘tgan.
Uning fikricha, bu choralar ishsizlikka qarshi kurashda yordam beradi. Bu haqda ABC.es ma'lum qilmoqda.

Milliarder haftada uch kun ishlash kerak, deb hisoblaydi. Bu yanada ko‘proq odam ish bilan ta'minlanishiga xizmat qiladi. Slimning fikricha, nafaqa yoshini uzaytirish, keksa kishilarning o‘z tajribalarini yangi avlodga o‘rgatishiga zamin yaratadi.

Biznesmen o‘z fikrini Ispaniyaning Alikante shahrida o‘tgan anjumanda bildirib o‘tgan.

Ispaniya Yevropa Ittifoqidagi ishsizlikka qarshi kurashayotgan davlat hisoblanadi. Ko‘rsatkichlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qirollikda ishsizlik darajasi 23 foiz, yoshlar o‘rtasida esa 40 foizni tashkil etadi.

Top